Jahon | 20:00 / 06.12.2017
10361
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda birinchi amaldor deputat paydo bo‘ldi 

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi deputat Asqarbek Shodiyev nomzodini Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga ma'qulladi. Ushbu qaror parlamentning 6 dekabridagi yig‘ilishida qabul qilindi.       

Asqarbek Shodiyev “Bir Bol” fraksiyasidan xalq deputati hisoblanadi. U Qirg‘izistonda davlat ishiga o‘tish vaqtida o‘zining deputatlik mandatini saqlab qolayotgan ilk deputat bo‘ldi. Bunga endilikda 1 dekabrda kuchga kirgan Qirg‘iziston konstitutsiyasiga tuzatmalar imkon beradi.

Tuzatmalarga ko‘ra, deputat parlament yig‘ilishlarida ovoz berish huquqini saqlab qolgan holda bosh vazir yoki uning birinchi o‘rinbosari bo‘lishi mumkin.       

Shodiyev yonilg‘i-energetika majmuasini nazorat qiladi. U 2010-2012 yillarda Qirg‘iziston energetika vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid