Saakashvili Poroshenkoga murojaat qildi
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoni provokatsiyalarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu Kiyevdagi Oliy rada yonida joylashgan chodirlar lageriga noma'lum shaxslar hujum qilganidan so‘ng yuz berdi.
«Men Poroshenkoga murojaat qilmoqchiman: sizga bu provokatsiyalar nega kerak? Hujum qilmang va odamlarni himoyalanishga majburlamang! Bu tinch aksiya! Sizni avvalgi holatlar nahotki hech narsaga o‘rgatmadi?!» - deya yozgan siyosatchi Facebook’da.
Avvalroq Saakashvili o‘z tarafdorlarining Rada oldidagi lageriga noma'lum shaxslar hujum qilgani haqida xabar berdi.
5 dekabr kuni Saakashvili qo‘lga olindi, biroq sobiq gubernator tarafdorlari uni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan «tortib olishdi», so‘ng prezident impichmentini talab qilish uchun Kiyev markaziga yo‘l olishdi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024