Jamiyat | 11:20 / 07.12.2017
14361
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi maktab to‘ng‘izlar tomonidan «egallab olindi» (video)

Yaponiyaning Kioto shahridagi maktablardan biriga yovvoyi to‘ng‘izlar kirib olib, u yerni ostin-ustun qildi.

Voqea 4 dekabrda tushlik vaqtida yuz bergan, deb xabar bermoqda NHK teleradiokompaniyasi. Noma'lum sabablarga ko‘ra maktab ichiga kirib olgan to‘ng‘izlar zinalar va qavatlar bo‘ylab chopib yurgan, chiqindi baklarini titib tashlagan, bittasi hattoki suv havzasida “cho‘milishga” ham ulgurgan.

To‘ng‘izlarni maktab ichidan chiqarish uchun politsiya uxlatuvchi dori bilan o‘qlangan qurol qo‘llashiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin to‘ng‘izlarning barchasi nobud bo‘lgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, to‘ng‘izlar Kiotodagi jamoat joylariga vaqti-vaqti bilan “tashrif buyurib turishadi”. Misol uchun, 27 noyabrda shahardagi butxonada to‘ng‘iz bir kishiga hujum qilib, uni qo‘lidan mayib qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid