Leonid Bronevoy vafot etdi

Foto: RIA "Novosti"
9 dekabr, shanba kuni ertalab taniqli teatr va kino aktyori Leonid Bronevoy 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti artist ishlagan Moskvadagi “Lenkom” teatri direktori Mark Varshaverga tayangan holda xabar bermoqda.
"Bugun soat 7.30da SSSR xalq artisti Leonid Sergeyevich Bronevoy hayotdan ko‘z yumdi", - deya aytib o‘tgan Varshaver.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Bronevoy 1928 yilning 17 dekabr kuni Kiyev shahrida tug‘ilgan. 1950 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr institutini tamomlagan. O‘qish vaqtida radioda suxandon bo‘lib ishlagan, o‘zbek tilida ham eshittirishlar olib borgan. 1987 yilda SSSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Bronevoy kinoda “Bahorning o‘n yetti lahzasi” (Genrix Myuller), “Pokrov darvozalari” (Arkadiy Velyurov), “O‘sha Myunxgauzen” (hertsog — Hannover kurfyursti) kabi filmlarda ijro etgan rollari bilan mashhur edi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
Mavzuga oid

15:12 / 23.12.2022
Ortda qolayotgan 2022 yil: O‘zbekiston va dunyo kimlarni yo‘qotdi?

18:43 / 22.11.2017
Tuzatish. Shuhrat Nuraliyev hayot, lekin chuqur koma holatida

12:45 / 05.12.2016
Dramaturg Erkin Usmonov olamdan o‘tdi

10:20 / 29.11.2016