Jamiyat | 10:20 / 29.11.2016
10142
1 daqiqa o‘qiladi

Ilk jangida vafot etgan bokschi yurak donoriga aylandi

Foto: eurosport.ru

Professional ringdagi ilk jangida olingan jarohatlar sabab halok bo‘lgan britaniyalik bokschi Kuba Mochik o‘z yuragini hadya qilgan. Bu haqda «Yevrosport» xabar berdi.

Asli kelib chiqishi Polshadan bo‘lgan 22 yoshli britaniyalik uchinchi raundda nokautga uchratilgach, qaytib o‘ziga kelmagan. O‘sha kuni bokschining egizak singlisi Facebook’da jigarbandini davolash uchun pul yig‘ish maqsadida sahifa ochdi. Biroq, sportchi ikki kundan so‘ng miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan. 

The Mirror’ning xabar berishicha, bu holatni tekshiruvdan o‘tkazgan politsiya sportchi o‘z yuragini boshqa bir bemorga yordam tariqasida hadya qilganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid