Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston «Frans Press» jurnalistini deportatsiya qilib yubordi
«Frans Press» agentligi jurnalisti Kris Riklton Qirg‘izistondan deportatsiya qilindi. Bu ma'lumotni uning hamkasbi Tulqun Namatboyeva tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistni 10 dekabr kuni ertalab hech qanday sabablarni aniq ko‘rsatmagan holda deportatsiya qilib yuborishgan.
«Uni kecha ertalab deportatsiya qilib yuborishdi, sabablarni ochiqlashdan bosh tortishdi. Hozirda u Dubay aeroportida qolmoqda. U agentlik, rahbariyat va elchixonani bu haqda darhol xabardor etdi. Mening o‘ylashimcha, ular, aftidan, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga deportatsiya sabablarini ochiqlash bo‘yicha murojaat bilan chiqishdi», - deya aytib o‘tgan u AKIpress agentligiga izohida.
T.Namatboyevaning ta'kidlashicha, K.Riklton Qirg‘izistonda 8 yil davomida istiqomat qilib kelgan va unda hech qachon shunday muammolar yuzaga kelmagan.
Jurnalistning o‘zi ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida prezident Sooronbay Jeenbekovga murojaatini e'lon qildi, unda u deportatsiya haqidagi qarorni bekor qilishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, mamlakatda uzoq vaqt davomida yashab keldi, uning rafiqasi va qizi – Qirg‘iziston fuqarolari.
«Ayni damda men Manas aeroportida o‘tirib, Dubayga deportatsiya qilishlarini kutmoqdaman. Men Bishkekka Kolombodan Dubay orqali 9 dekabr kuni ertalab soat 5 larda uchib kelganimdan so‘ng qo‘lga olindim. Qo‘lga olish uchun hech qanday sabablar yo‘q edi. Men o‘z davlatim pasporti egalariga ruxsat berilgan 60 kunlik muddatni o‘tkazib ham yubormadim, bu borada qandaydir qonunbuzarlik ham sodir etmadim», - deya yozdi u.
Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, K.Rikltonga mamlakatga kirishga taqiq qo‘yilgan, sababi u avval pasport-viza rejimini buzgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:02 / 21.05.2025
Rossiyada migrantlarni mobil ilova orqali kuzatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
20:42 / 20.05.2025