Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga kontrabanda elektr hisoblagichlarni olib kirmoqchi bo‘lishdi
Qirg‘izistonlik uch shaxs O‘zbekistonga kontrabanda elektr hisoblagichlarni olib o‘tishga urindi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarga qaraganda, 10 dekabr kuni Botken viloyatining Qadamjoy tumanidagi Pildirak nazorat-o‘tkazish punktidan tashqarida Oydarkent chegara otryadi chegarachilari Qirg‘izistonning uch fuqarosini qo‘lga olishdi. Ular Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kontrabanda yukini olib o‘tishga harakat qilishgani aytilmoqda.
Qadamjoy tumanining Doochar qishlog‘ida yashovchi shaxslar Hyundai Porter markali avtomashinada 160 tadan ko‘proq elektr hisoblagichlarni olib o‘tishga urinishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kontraband yukining qiymati 300 ming somdan ortiqni tashkil qiladi.
Qo‘lga olingan shaxslar davlat chegarasi rejimini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka va har biri 3 ming somlik jarimaga ham tortildi.
Qonunbuzarlar va kontrabanda yuki tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng Davlat bojxona xizmati xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
18:39
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024