Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘riq qoldiruvchi dorilar sog‘liq uchun zararlimi?
Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini tez-tez iste'mol qilish faqat tobe'likni keltirib chiqarmaydi. Nyukasl Universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, og‘riq qoldiruvchi dorilar semizlik, uyqusizlik va gipertoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
Olimlar 133 ming kishi misolida gabapentin, pregabalin va bir necha og‘riq qoldiruvchi opioid vositalar ta'sirini tahlil qilishdi. Ba'zi odamlar og‘riqsizlantiruvchi dorilarni kardiopreparatlar bilan birga qabul qilishgan, ba'zilari esa - faqat yurak kasalliklariga qarshi dorilarni.
Ma'lum bo‘lishicha, birinchi guruhdagi bemorlar ikkinchi guruh bemorlariga nisbatan 95 foizga ko‘p semizlikdan aziyat chekishgan, bel sohasi o‘lchamlarining oshish ko‘rsatkichi - 82 foiz, gipertoniya esa 63 foizga ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, ko‘pchilik uyqusizlikdan shikoyat qilishgan.
Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarining salbiy ta'sirlari haqida bundan avval ham gapirilgani bois, olimlar ularning muqobillari ustida faol izlanishmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
18:19 / 01.04.2025