O‘zbekiston | 18:50 / 13.12.2017
74725
8 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasida mehnat qilishni istovchilar uchun zarur ko‘rsatmalar

Foto: Fotolia

Joriy yilning 13 noyabridan ish boshlagan Kompleks test markazi (KTM) xorijda, jumladan, Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida o‘z faoliyatini boshlagan. Bu mamlakatda mehnat faoliyatini oshirish uchun EPS-TOPIK malakaviy imtihonlaridan o‘tish zarur. Buning uchun dastlab koreys tilini o‘rganish talab qilinadi. Koreys tilida o‘qish va muloqot qila olishiga ishongan yurtdoshlarimiz o‘z bilimlarini aynan Kompleks test markazida sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Ta'kidlash joizki, Koreya Respublikasi tomonidan qo‘yilgan talabga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Ye-9 va Ye-10 viza turlari bo‘yicha mazkur davlatga yuborilib, 5 yil davomida ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini yuritib, O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolar EPS-TOPIK test sinovlariga kiritilmaydi.

KUN.UZ muxbiri 13 dekabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bo‘lim boshliqlari M.Azizov va A.Axmatov, Fuqarolarni xorijda ishga joylash bo‘limi va Axborot xizmati mutasaddi xodimlari, Koreya Inson resurslari markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park Su va Kompleks test markazi rahbari V.Tsoylarning Koreyada ishlash niyatidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish, test sanasini band qilish va test sinovidan o‘tkazish jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Agentlik orqali Janubiy Koreyaga ketish hamda u yerda mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun asosiy – EPS-TOPIK test sinovlarini topshirishdan avval Koreyada ishlashga talabgorlar koreys tilini bilish darajalarini sinovdan o‘tkazib olishlari uchun Kompleks test markazi dastlabki KTM test sinovlarini o‘tkazadi.

Faqat KTM test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina Koreyada ishlash uchun topshiriladigan EPS-TOPIK test sinovlariga kirish huquqiga ega bo‘lishadi.

KTM test sinovlarini topshirgan va talab qilingan shaklda o‘z rasm va pasportini yuklamagan barcha fuqarolar o‘z Anketasini oxirigacha to‘ldirishi va unga rasmlarini va pasportning skaner qilingan shaklini yuklashi zarur.

EPS-TOPIK test sinovlarini topshirish uchun pasportning skan qilingan shakli (majburiy shart: 600 piksel o‘lchamda skan qilish zarur, faylning og‘irligi 100kb hajmdan ortib ketmasligi zarur) va o‘z rasmini elektron shaklda (majburiy shart: hajmi 3,5x4,5sm jpg formatda va o‘lchami 100 dan 300 pikselgacha, fayl og‘irligi 15kb hajmdan ortib ketmasligi zarur) taqdim etishi lozim.

Foto: Fotolia

Rasm va pasport bo‘lgan fayllarga pasport seriyangiz va raqamingizni ko‘rsatgan holda yozib qo‘yishni qat'iy tavsiya etamiz. Misol: Agarda pochta orqali yuborsangiz – AA1234567P.jpg – (Pasport) AA1234567F.jpg – (Rasm). Misol: Diskka marker bilan AA1234567 deb yozib qo‘ying (Yoki uni yozib qo‘yilgan konvertga soling ) – Agarda CD-disk orqali taqdim etayotgan bo‘lsangiz (Sifatli disklardan foydalanishni va yozib bo‘lgach, qaytadan tekshirib ko‘rishni qat'iy tavsiya qilamiz).

Ushbu ma'lumotlarni Agentlikning – eps2017@migration.uz elektron manziliga jo‘natish orqali yuborishingiz ham mumkin. Ushbu ma'lumotlarni CD/Flesh karta yoki istalgan ma'lumotlar tashuvchisiga yozib olib, Agentlikka yoki viloyatlardagi filiallariga olib borishingiz mumkin. Ushbu ma'lumotlarni, shuningdek, reytingingizni tekshirish shakli orqali yuborishingiz mumkin. Faylni migration.uz/result-check havolasi orqali yuklash mumkin. 

1x2018 EPS-TOPIK bosqichiga o‘tish uchun ushbu ma'lumotlar 2017 yilning 20 dekabriga qadar taqdim etilishi zarur. Ushbu ma'lumotlarni taqdim etmagan fuqarolarga EPS-TOPIK test sinovlarini topshirishga ruxsat etilmaydi! 

EPS-TOPIK test sinovlarini topshirish huquqiga (jyeton) ega bo‘lgan fuqarolar, zudlik bilan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining viloyatlardagi filiallari yoki markaziy ofisiga o‘zlari bilan pasport, shuningdek, CD-diskka yozilgan – 1 ta rasm (o‘lchami 100-300 piksel, hajmi 3,5 x 4,5sm, (~15kb,jpg), pasportning skan qilingan shakli (o‘lchami 600Pixels (~100kb)) bilan murojaat qilishlari lozim.

Foto: Fotolia

Kompleks test markazi taqdim etgan ro‘yxat asosida fuqarolar faqatgina 2017 yil 21-22 dekabr kunlari Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan “Milliy bank”ning markaziy shoxobchalari orqali Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiyot faoliyati Milliy banki bosh amaliyot bo‘limidagi maxsus 20210000600431202003 sonli hisob raqamiga (MFO 00407, INN 201121089, OKONX 97111) Koreya Respublikasi bilan imzolangan kelishuvda belgilangan 24 AQSh dollari (Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan qo‘shimcha qiymat solig‘i hamda qo‘shimcha to‘lovlar hisoblangan holda jami 30 AQSh dollari to‘lanadi) miqdoridagi mablag‘i milliy valyuta so‘mdagi qiymatini to‘lov kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha to‘lashlari va to‘lov maqsadida har bir fuqaro o‘zining familiya ismi sharifini to‘g‘ri va to‘liq hamda pasport seriyasi va raqamini to‘liq ko‘rsatishlari lozim.

Ball tizimi bo‘yicha tanlovda nomzodlar eng ko‘p ballar soni tartibi bo‘yicha tanlab olinadi. Birinchi bosqichdan o‘tish uchun nomzod belgilangan ballni (42 ball) to‘plashi lozim. Shundan so‘ng, ball tizimi bo‘yicha kutilayotgan yakuniy o‘tganlar sonining 200 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismi ikkinchi bosqichga qabul qilinishi uchun sanoat sohalari bo‘yicha eng ko‘p to‘plangan ball tartibi bo‘yicha tanlab olinadi. 

Test sinovlarining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganlar malaka testi va bilim darajasini aniqlashdan iborat bo‘lgan ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. To‘plangan ball hisobga olingan holda, tanlovlarning kutilayotgan sanasi chegarasida nomzodlar ball tizimidan o‘tish uchun eng ko‘p to‘plangan ball tartibi bo‘yicha tanlab olinadi. 

Test sinovining ikkinchi bosqichida tanlangan sohaga muvofiq keluvchi ish tajribasi, milliy sertifikatga ega bo‘lgan, shuningdek, tanlangan sohaga oid bo‘lgan o‘quv kursini tugatgan nomzodlar malaka sinovi uchun hujjatli guvohnomani taqdim etishlari zarur. Bundan tashqari, barcha birinchi bosqichdan o‘tganlar malaka sinovidan o‘tishlari lozim. Malaka bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etmagan nomzodlar ball tizimiga asoslangan test sinoviga kiritilmaydi.

Foto: Fotolia

Test sinovining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun SRZ-TKYa nomzodlar ranglarni ajrata olish va rangli narsalarni ko‘rish nuqtai nazaridan o‘zlarining jismoniy holatini tekshirishlari zarur.

Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmati ball tizimiga asoslangan test sinovlari natijalarini taqdim etish yo‘li bilan Koreya kompaniyalari tomonidan ishchilarni tanlab olishni osonlashtiradi. 

Mavzuga oid