O‘zbekiston | 13:20 / 14.12.2017
49154
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 14 dekabr kuni «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, ko‘rgazmada mamlakatimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. 

Qirg‘iziston Prezidenti mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori baho berdi. 

Mavzuga oid