Qozog‘iston arab-isroil mojarosi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Qozog‘iston arab-isroil mojarosini hal etish bo‘yicha tinch sa'y-harakatlarni ma'qullaydi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi parlamenti senatining raisi Qosim-Jo‘mart Tokayev Islom hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi sammitida ma'lum qildi.
Favqulodda sammit Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi tufayli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan tashkil etildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari oltinchi dekabr kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida rasman tan oldi. Oq uydan ma'lum qilishlaricha, bunday qaror ham tarixiy, ham hozirgi haqiqatning tan olinishi hisoblanadi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi esa 7 dekabr kuni al-Quds bilan bog‘liq vaziyat haqida bayonot berdi. "Qozog‘iston al-Quds maqomi bilan bog‘liq vaziyat atrofidagi keskinlikning o‘sishidan xavotirda ekanini bildiradi va barcha ishtirokchi tomonlarni vazminlikka chaqiradi. Al-Qudsning amaldagi maqomi saqlanib qolinishi uchun chiqib, Qozog‘iston Falastin-Isroil mojarosiga xalqaro huquq, BMT Bosh Assambleyasi hamda Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari va 2002 yildagi Arab tinch tashabbusi asosida yechim topish bo‘yicha pozitsiyasini yana bir tasdiqlaydi”, - deyiladi tarqatilgan xabarda.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
10:45 / 09.11.2024