Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qidiruvdagi shaxs YPX maskanida ushlandi
2017 yil 10 dekabr kuni Samarqand viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Antiterror-tozalash» tezkor profilaktik tadbiri davomida Oqdaryo tumanida joylashgan «Loyish» yo‘l-patrul xizmati maskanida qidiruvdagi shaxs ushlandi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati.
O‘tkazilayotgan tadbir doirasida viloyat IIB YHXB III otryad YPX xodimlari tomonidan «Buxoro – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, haydovchi G‘.Hamdamov tomonidan boshqarib kelinayotgan yengil avtomashina to‘xtatib tekshirilganda, avtomobil ichida yo‘lovchi sifatida kelayotgan, Ishtixon tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Z.O.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 2-qismi bilan 2017 yil 10 noyabr kuni №1-655-17-sonli jinoyat ishi bo‘yicha ayblangani, biroq u sudga kelmasdan yashirinib yurgani tufayli JIB Ishtixon tuman sudi tomonidan yuritilgan qidiruv yig‘ma jildi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro Z.O. ushlanib, hududiylik bo‘yicha Oqdaryo tuman IIBga topshirildi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025