Jahon | 13:09 / 15.12.2017
20522
2 daqiqa o‘qiladi

Aka-uka Azimovlarning otasi Qirg‘izistonga qaytmoqda

Foto: Axral Azimov, arxiv foto

Sankt-Peterburgdagi terakt ishi bo‘yicha ayblanayotgan aka-ukalar Abror va Akrom Azimovlarning otasi Qirg‘izistonga qaytmoqda. Bu haqda «24.kg» Qirg‘iziston TIV matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, OAVda uning qo‘lga olinganligi haqida ma'lumot paydo bo‘lganidan so‘ng barcha hujjatlar Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga topshirilgan. Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ahrol Azimovni qo‘lga olmagan, balki Rossiya fuqaroligi bekor qilingani haqida ma'lumotnomani topshirish uchun taklif etgan ekan. Shuning uchun u Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi lozim.

Azimovda ikki fuqarolik bo‘lgan – Rossiya va Qirg‘izistonning. «Qirg‘iziston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi Azimovga vataniga qaytish to‘g‘risida guvohnoma berdi. Yaqin vaqt ichida, balki, hattoki bugun ham, u Qirg‘izistonga uchib keladi», - deya xabar berishgan TIVdan.

Avvalroq Moskva politsiyasi 2017 yilning aprelida Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirishda gumonlanayotgan aka-uka Abror va Akrom Azimovlarning otasi Ahrol Azimovni hibsga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdagi terakt 2017 yilning 3 aprelida ro‘y bergan. Portlash 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yana 50  dan ortiq kishi jabrlangan. Tergov portlash vaqtida halok bo‘lgan qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilovni terakt ijrochisi deb hisoblaydi.

Mavzuga oid