Sport | 01:26 / 17.12.2017
8343
1 daqiqa o‘qiladi

Maradonaning «Napoli»dagi rekordiga yetib olishdi

«Napoli»ning 30 yoshli yarimhimoyachisi Marek Hamshik, afsonaviy Diyego Maradonaning rekordiga yetib oldi.

Slovakiyalik futbolchi A Seriya 17-turidan o‘rin olgan «Torino»ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etib, «Napoli» tarkibidagi 115-golini urdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Maradona bilan tenglashib oldi.

Hamshikdan tashqari, «Napoli»ning yana to‘rt nafar futbolchisi 100ta gol marrasini zabt etgan: Diyego Maradona (115), Attila Sallustro (108), Edinson Kavani (104) va Antonio Voyyak (103).

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid