Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Liviya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkin
Liviyaning sobiq davlat rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayfulislom Liviya prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Egypt Today gazetasiga qabila rahbari va Qazzofiylar oilasi vakili Bosim al-Hoshimiy as-Soul ma'lum qilgan.
Iyun oyi boshlarida "Abu Bakr as-Siddiq" nomli qurolli guruh Sayfulislomni ozodlikka chiqargan edi. Guruh Jumhuriyat yetakchisining o‘g‘lini 6 yil mobaynida qamoqda saqlagan, parlament tomonidan e'lon qilingan umummilliy amnistiyadan so‘ng, uni ozod etishga qaror qilgandi. Xalqaro jinoyat sudi 2011 yildan buyon uning topshirilishini talab qilib keladi.
"Sayfulislom 2018 yil o‘rtalarida bo‘lishi ehtimol qilinayotgan prezidentlik saylovida oliy davlat lavozimi uchun kurashadi", — degan as-Soul.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sayfulislom Qazzofiy yaqin orada e'lon qilishi kutilayotgan o‘z dasturini tayyorlagan. Liviyadagi barcha guruhlar hamkorligida xavfsizlikni ta'minlash bosh maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
Avvalroq, Qazzofiy oilasi advokati Sayfulislom Liviya hududida siyosiy faoliyatini boshlaganini va mamlakat ichkarisida kelishuvga erishib, muammolarni siyosiy yo‘l bilan hal etish niyatida ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
09:05 / 31.01.2025