Sport | 09:50 / 20.12.2017
14085
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Misr klubi stadionda qurbonlik qildi

Misrning «Al-Ahliy» klubi muvaffaqiyatsizliklarga barham berish maqsadida stadionda ho‘kiz so‘yib, qurbonlik qildi.

Qohira shahri klubi o‘z maydonida 2016 yil iyun oyidan buyon ilk marta mag‘lubiyatga uchragan, so‘ngra durang o‘ynagan edi. Qatorasiga ikki o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng jamoa o‘z stadionida qurbonlik qilishga qaror qildi.

Ho‘kizning go‘shti esa kambag‘allarga tarqatilgan.

Misr chempionatining 11 turidan so‘ng, «Al-Ahliy» musobaqa peshqadami «Ismoiliya» klubidan 4 ochko ortda qolib, 3-o‘rinda bormoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid