Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy uchta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilinadi
O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Polsha va Turkiya fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Fozilov G‘ayrat Senatning XIII yalpi majlisida qilgan nutqida gapirib o‘tgan, deb yozadi Kun.uz muxbiri.
Uning aytishicha, bunday imtiyozlarni yana boshqa 25 mamlakat fuqarolariga taqdim qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish va elektron vizalar tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari ishlab chiqilmoqda.
"Yakka va guruh bo‘lib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi. O‘zbekistonga ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi", deb qo‘shimcha qilgan G‘ayrat G‘aniyevich.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi mobaynida 110 ming nafar chet el fuqarosiga sayyohlik vizalari berildi, bu ko‘rsatkich 2016 yilgi natijadan 34 foiz yoki 81 mingdan ziyod kishiga ko‘p.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
09:39 / 25.05.2025