Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada fojia yuz berdi, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Chechxonidagi fitnes markazda yuz bergan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda «Yonhap» xabar bermoqda.
Ayni vaqtda 26 kishi shifoxonada qolmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in Seuldan 168 kilometr masofada joylashgan sakkiz qavatli binoning yer osti turargohidagi avtomobilda boshlangan.
Barcha qurbonlar ikkinchi qavatdagi umumiy hammomda bo‘lishgani aytilmoqda.
Yong‘in yuz bergan joyga 50 nafar o‘t o‘chiruvchi va taxminan 20 ta texnika birligi yetib kelgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
00:47 / 24.05.2025