Chekuvchilarning o‘pkasini himoyalovchi mahsulotlar nomi ma'lum qilindi
Baltimordagi Jon Xopkins Universiteti olimlaridan iborat guruh tadqiqotlar asosida olma va pomidorlarning o‘pkani davolay olishini isbotlashdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, pomidor va olma chekuvchi inson o‘pkasini himoyalashi va qayta tiklashi mumkin. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, AQSh olimlar guruhi o‘pkani himoyalash va qayta tiklash sirini kashf qilishning uddasidan chiqqan. Shuningdek, tajriba davomida yuqorida nomlari qayd etilgan mahsulotlarni iste'mol qilish usullari va dozalari sinab ko‘rildi. Tadqiqotda ishtirok etish uchun ashaddiy chekuvchilar tanlab olindi.
Ular uchun maxsus ratsion ishlab chiqilib, unga ko‘ra, har bir ishtirokchi kuniga bir necha olma bo‘laklari va ikki pomidor yeyishi kerak bo‘lgan.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra, obstruktiv o‘pka kasalligi rivojining pasayishi qayd etilgan.
Tadqiqot jamoasi ishtirokchilaridan biri Vanessa Garsiya-Larsen o‘pka bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekayotgan kishilarga yordam berish uchun boshlangan loyihani davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
20:26 / 28.08.2024
Qozog‘iston xorijdan olma olib kirishni taqiqladi
14:50 / 15.07.2024
Rossiya Shimoliy Koreyadan olma sotib olishni boshlaydi
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
19:29 / 03.06.2024