Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Shimoliy Koreyadan olma sotib olishni boshlaydi
Rossiyada sovuq tufayli bu yil olma hosilining kamayishi kutilmoqda. Shimoliy Koreya olmasini Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga iyun oyida erishilgan edi.
Rossiya va KXDR Rossiya bozoriga Shimoliy Koreya olmalarini yetkazib berishga kelishib oldi, deb xabar berdi TASS agentligi 15 iyul, dushanba kuni Rosselxoznadzor matbuot xizmatiga tayanib. Departamentning aniqlik kiritishicha, tegishli kelishuvlarga iyun oyida erishilgan. Yetkazib berishni boshlash vaqti, shuningdek, uning hajmlari aniqlashtirilmagan.
Rossiyada bu yil sovuqlar tufayli olma hosilining kamayishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi prognoziga ko‘ra, u 1,5 million tonnani tashkil etadi - bir yil avvalgidan 200 ming tonnaga kam.
Rossiya Ukrainaga qarshi urush va G‘arb sanksiyalari fonida KXDR bilan hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Iyun oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pxenyanga keldi. Tashrif chog‘ida tomonlar strategik va keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi. G‘arb va Ukraina Rossiyani KXDRdan millionlab o‘q-dorilar olganlikda ayblamoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025