Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ishga tushiriladi
Xitoy sharqidagi Xebey viloyatida, 24 dekabr kuni, dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda China Daily nashri.
Uning uzunligi 488 metrni, eni esa 2 metrni tashkil qiladi va Xun'yagu tumanidagi ikkita tog‘ cho‘qqisini bir-biriga bog‘laydi.
Ko‘prik vodiy uzra 218 metr balandlikka barpo qilingan bo‘lib, qalinligi 4 sm bo‘lgan 1077ta shisha panellardan iboratdir. Uning umumiy og‘irligi 70 tonnani tashkil qiladi.
Inshoot konstruksiyasi taxminan 2 ming odamning og‘irligini ko‘tarishga moslashgan, biroq, operator-kompaniya vakili gapiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida, ko‘pi bilan 500 nafar odamga ko‘prikka chiqishga ruxsat beriladi.
Avvalroq, dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik maqomi Chjantszyatsze milliy bog‘ida joylashgan inshootga tegishli edi. Uning uzunligi 430 metr, eni esa 6 metr bo‘lib, 300 metr balandlikdagi ikkita tog‘ni bir-biriga bog‘lab turadi.
Ko‘prikning ochilish marosimi haqiqiy shou tarzida o‘tkazilgan - undan 2 tonnalik yuk avtomobili o‘tgan, shisha polni esa temir bolg‘a bilan urib sindirishga harakat qilishgan.
Chjantszyatsze milliy parki o‘zining chiroyli manzaralari bilan mashhurdir. Hatto «Avatar» (Avatar, 2009) filmi ijodkorlari ham, uchar qoyalar obrazi aynan shu qo‘riqxonadan olinganini aytishgan. Natijada, eng chiroyli joylardan birining nomi «Avatar, Alliluyya!» deb o‘zgartirilgan.
1992 yili YuNeSKO parkni dunyo madaniyat merosi obekti deb tan olgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025