Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020 Olimpiadasi byudjyeti yana qisqartirildi
2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarining byudjyeti 35 mlrd iyenaga (deyarli 309 mln dollar) qisqartirildi va 1 trln 350 mlrd iyenaga (12 mlrd dollar) tushirildi.
Bu haqda Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi va Yaponiya poytaxti ma'muriyati xabar bermoqda.
Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, Tokiodan tashqarida o‘tkaziladigan musobaqa xarajatlari endi Olimpiada lotereyasidan olingan daromadlar hisobiga qoplanadi.
Olimpiada va Paralimpiada byudjyeti Tashkiliy qo‘mita, Tokio ma'muriyati va davlat assignatsiyalaridan tashkil qilinadi. Bu mablag‘lar atrofida qattiq bahs va munozaralar olib borilmoqda. Xususan, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi xarajatlarni keskin qisqartirishni talab qilyapti. Tashkilot fikriga ko‘ra, umumiy hisobda 1 mlrd dollar mablag‘ni iqtisod qilish imkoniyati bor.
Avvaliga Olimpiada byudjyeti 18 mlrd dollarga baholangan edi. Biroq tashkilotchilar xarajatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish imkoniyatlarini izlab topmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024