O‘zbekiston | 11:27 / 23.12.2017
14667
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Hamkorbank» YeTTB bilan 30 million dollar qiymatidagi shartnoma imzoladi

Foto: Hamkorbank

21 dekabr kuni Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida «Hamkorbank» hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) o‘rtasida kichik biznesni kreditlash va savdoni moliyalashtirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda YeTTB vakillari, «Hamkorbank» ATB Kengash rahbarlari va a'zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Imzolash marosimi doirasida 2 ta yirik shartnoma: kichik biznesni moliyalashtirish (umumiy miqdori 20,0 mln. AQSh dollariga teng) hamda savdoni rivojlantirish uchun (10,0 mln. AQSh dollari) tegishli kelishuvlar imzolandi.

Nazirjon Qodirov, «Hamkorbank» ATB boshqaruv raisi: 

“Biz YeTTB bilan hamkorlikda muhim bir shartnomalarni imzoladik. Mazkur kelishuv uzoq muddatli do‘stona aloqalarimizning tegishli davomi, deb hisoblaymiz. Ikki bank o‘rtasidagi kelishuv orqali ajratiluvchi 30 mln. AQSh dollariga teng mablag‘lar O‘zbekiston iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan kichik biznes sub'yektlariga kredit ajratish hamda ularning tashqi savdo aloqalarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi”. 

Foto: Hamkorbank

Ma'lum bo‘lishicha, savdoni moliyalashtirish dasturi bankga zamonaviy instrumentlarni qo‘llagan holda mijozlarning tashqi savdo amaliyotlarini yanada faol moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bank tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan mahsulotlar jozibadorligini oshirishiga hissa qo‘shadi.

Foto: Hamkorbank

«Hamkorbank» butun respublika bo‘ylab 33 ta filial va 158 ta xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga ega bo‘lib, bu esa O‘zbekistonning barcha yerida va ayniqsa qishloq hududlarida ham kichik va mikro biznes sub'yektlarini moliyalashtirishda katta xizmat qiladi.

Foto: Hamkorbank

Ushbu kelishuvlarni imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport-import bilan shug‘illanuvchi biznes sub'yektlarining tashqi savdo aloqalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Foto: Hamkorbank
Foto: Hamkorbank

Nik Tessiman, ETTB moliya tashkilotlari sektori bo‘yicha direktor:

“YeTTB Savdo dasturi «Hamkorbank» jamoasini bugungi shartnomalar bilan tabriklaydi. Dastur O‘zbekistondagi mahalliy xususiy tadbirkorlar uchun samarali savdoni moliyalashtirish va tajribalar o‘tkazish qobiliyatini mustahkamlaydi. YeTTB tomonidan ajratilgan shartnoma «Hamkorbank»ning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatini oshirishga va savdo bitimlarini amalga oshirishda malakani kengaytirishga imkon beradi".

Ma'lumot o‘rnida: «Hamkorbank» ATB va YeTTB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tarixi 2001 yildan boshlangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo‘nalishida jami 13,0 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘rtta kredit kelishuvi imzolangan. Shuningdek, savdoni moliyalashtirish sohasida uchta kelishuv imzolangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo‘nalishida kredit liniyalarini o‘zlashtirish davomida YeTTB tomonidan bankka doimiy texnik ko‘mak ko‘rsatish dasturlari ham amalga oshirilgan. Texnik ko‘mak doirasida mijozlarni kreditlash jarayonlari, kreditga layoqatligi tahlili modeli hamda kredit mutaxassislarini rag‘batlantirish tizimlari ishlab chiqilgan.

Foto: Hamkorbank

«Hamkorbank» ATB va YeTTB o‘rtasidagi ushbu kelishuv o‘zaro hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyati beradi.

Reklama huquqi asosida

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid