Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Qizil maydonda xokkey o‘ynadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 dekabr kechki payt Tungi xokkey ligasi (TXL)ning o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, jaz musiqachisi Igor Butman, xokkeychi Vyacheslav Fetisov ishtirok etgan uchrashuv Qizil maydonda o‘tgan.
TXL 2011 yil 15 dekabrda Putinning Rossiya xokkey afsonalari bilan uchrashuvidan keyin paydo bo‘lgan va havaskorlik xokkeyini ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Putin bir necha yildan beri xokkey o‘ynaydi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya rahbari ishchi kuni yakunlangandan keyin tungi payt mashq qiladi.