Jamiyat | 21:00 / 24.12.2017
16911
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshida profilaktika inspektorlariga shaxsiy avtomashinalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

24 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida 308 nafar viloyat IIB IIO tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining qasamyod qabul qilish, ularga xizmat uylari kalitlarini va shaxsiy avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Tantanali ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shoira Nurmatova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isoqov, O‘zbekiston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Begmat Ochilov, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari Shavkat Djanikulov, viloyat prokurori Bahodir Po‘latov, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Qo‘chqorov, O‘zbekiston Qahramoni, Senator Abdi Bozorov va boshqa viloyat rahbarlari qatnashishdi.

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, podpolkovnik D.T.Tursunboyev Ichki ishlar vaziriga axborot berdi. Shundan keyin 308 nafar profilaktika inspektori qasamyod qabul qilib, xizmat uylari va “Matiz” avtomashinalarining kalitlarini qabul qilib olishdi. 

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevlar nutq so‘zlashib, profilaktika inspektorlarini tabriklashdi.

Tantanali marosimdan so‘ng o‘yingohda mehmonlar va profilaktika inspektorlarining ota-onalari uchun viloyat san'atkorlari tomonidan bayramona kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Mavzuga oid