Jamiyat | 15:30 / 24.12.2017
15984
1 daqiqa o‘qiladi

Taksi deb o‘ylab politsiya mashinasiga o‘tirgan giyohvandfurush hibsga olindi   

Foto: Dreamstime.com

Daniya poytaxti Kopengagenda yirik partiyada nasha olib ketayotgan giyohvandfurush taksi o‘rniga adashib politsiyaning patrul mashinasiga o‘tirib olgan. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qildi. 

“Kechki vaqt Xristianiya tumanidan uyiga shoshayotgan giyohvandfurush taksiga o‘tirgan. Biroq u politsiya mashinasida ketayotganini anglagach, “dahshatli” tarzda hayratlangan”, deb aytilgan politsiyaning tvitterdagi xabarida.

Ta'kidlanishicha, og‘ufurush qo‘lga olingan, u endi qilmishi uchun javob beradi.

Mavzuga oid