Majburiy obuna bilan bog‘liq murojaatlaringizni KUN.UZ’ga jo‘nating

Foto: Fotolia
Hurmatli saytimizning aziz mushtariylari! Ma'lumki, bugun saytimizda saytimizga yuborilgan ko‘plab murojaatlar asosida «Obuna mavsumi. Majburlashlar avj olayotgan bu sohani ham tartibga solish fursati yetib kelmadimi?» mavzusida maqola e'lon qilindi.
Tahririyat ushbu illatni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida jurnalistik surishtiruv olib borishga ahd qilgan. Shu maqsad yo‘lida yanada kengroq informatsiyaga ega bo‘lish uchun bizga sizlarning yordamlaringiz kerak bo‘ladi.
Sizni ham obuna bo‘lishga majburlashganmi? Aynan qaysi nashrlarga, maoshingizdan qancha ushlab qolishgan yoxud necha puldan yig‘ishga majburlashgan? Obuna bo‘lgan nashringiz o‘z vaqtida yoki umuman yetkazilmagan holatlar bo‘lganmi? Bu holatlar qay yo‘sinda amalga oshirilgan.
Tahririyatimizning [email protected] elektron pochtasi yoki aloqa bo‘limiga o‘zingiz guvoh bo‘lgan holatlar haqida yozib yuborsangiz.
Mavzuga oid

17:42 / 03.04.2025
Le Figaro gazetasida O‘zbekiston haqida maqola chop etildi

22:39 / 19.03.2025
Italiyada to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yozilgan birinchi gazeta chop etildi

22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi

20:14 / 28.11.2024