Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyat hokimi murojaatlarni “Telegram” messenjeri orqali qabul qiladi
Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov xalq bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni eshitish, takliflarni o‘rganish maqsadida “Telegram” messenjeri orqali xalq bilan ko‘prik o‘rnatgan.
Surxondaryo viloyati aholisi Telegram messenjerida +998 (97) 350-18-47 raqami orqali o‘z murojaatlarini viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga yo‘llashlari mumkin. Yo‘llangan murojaatlar, albatta, o‘rganib chiqiladi va ularni yechish yo‘llari izlanadi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tmoqchimizki, fuqarolar murojaati va joylardagi muammolarni o‘rganish borasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Bu masalalarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi hokim va ijro hokimiyati vakillari ham zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z faoliyatlarini amalga oshirishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025