Sport | 10:40 / 25.12.2017
28130
2 daqiqa o‘qiladi

O‘FFning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testidan hech qaysi klub o‘ta olmayapti

Foto: O‘FF matbuot xizmati

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan belgilangan milliy chempionatda ishtirok etuvchi klub futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha test-sinovlari normativlaridan ikkitasini hech bir futbolchi bajara olmayapti. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 30 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha hozircha test topshirgan 5ta klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o‘ta olmagan.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar O‘FF tomonidan tasdiqlangan reja asosida «Olmaliq», «Mash'al», «Navbahor», «Qo‘qon-1912», «Tsementchi» klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Normativlar 4ta bosqichdan iborat. 

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. «Yo-Yo» test

Eslatib o‘tamiz, O‘FF bu chora-tadbirlar Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xo‘sh, milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar futbolchilarining normativlar topshirish bo‘yicha natijalari qanday?

E'tiboringizga raqamlarni keltirib o‘tamiz. 

7x50 metrga yugurish va «Yo-Yo» test bo‘yicha natijalar quyidagicha:


«Yo-Yo» test (Signal  bo‘yicha fishkalar orasida 20 m masofaga yugurish)


Normativlar topshira olmagan futbolchilarga milliy chempionat boshlangunga qadar muhlat beriladi. Ular klub bosh murabbiyi belgilab bergan dastur orqali o‘z ustilarida ishlashlari kerak.

Superliga boshlanishidan avval klub futbolchilaridan yana bir bor normativlar qabul qilinadi. Sinovlardan o‘ta olmagan futbolchilar chempionatda ishtirok eta olishmaydi.

Mavzuga oid