Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Ligada ishtirok etishni istagan klublar oldiga qo‘yilgan talablar e'lon qilindi
11 noyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida, federatsiya va PFL rahbariyati, hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Unda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Jumladan, kelasi yildan boshlab Oliy liga klublari o‘zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo‘lishlari, ushbu akademiyalardagi shart-sharoitlar talab darajasida bo‘lishi, futbolchilarning jismoniy holatini yuqori saviyada ushlab turish uchun mashg‘ulot va trenajyor zallari mavjud bo‘lishi zarurligi tilga olindi.
Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo‘lishi shartligi ham ta'kidlandi.
Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bo‘lishi kerakligi ham ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi, xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratish kerakligi bo‘yicha talablar qo‘yildi.
Agar klublar litsenziyalash talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, kelasi yili Oliy ligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF 2018 yil o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatida 12ta jamoa ishtirok etishi haqida qaror qabul qilgan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 25.12.2017
O‘FFning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testidan hech qaysi klub o‘ta olmayapti
19:52 / 06.12.2017
OFK prezidenti O‘zbekiston tez orada JChga chiqishiga ishonch bildirdi
12:05 / 19.11.2017
Yo ostidan, yo ustidan. Oliy ligada yilning eng muhim uchrashuvlari
17:20 / 15.11.2017