Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston tarixda ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qiladi
2018 yilning 1 yanvaridan to 31 yanvarigacha Qozog‘iston o‘z tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar tashkilotining Xavfsizlik Kengashida raislik qiladi. Bu haqda «Qazaqparat» Qozog‘iston TIVning matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.
Raislik qiluvchi Xavfsizlik Kengashi faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yadi, XKning BMT Kotibiyati bilan hamkorlikda har kuni ishlashini ta'minlaydi. Rais Kengash nomidan XK a'zolari bilan kelishib, bayonotlar beradi, shuningdek, noformal maslahatlashuvlar yoki u yoki bu hujjatlar matni bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi kelishuvga erishganida har gal matbuot oldida chiqish qiladi.
2 yanvar kuni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari vakillari o‘rtasida yanvar oyida raislik masalasi ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Shuningdek, Kengashning BMTga a'zo, biroq XKga a'zo bo‘lmagan davlatlar, matbuot va nodavlat tashkilotlar uchun ishlari dasturi haqidagi brifinglar mo‘ljallangan.
Qozog‘iston tashabbusi bilan Xavfsizlik Kengashida ilk bor keyingi ikki yil uchun Kengashda doimiy bo‘lmagan a'zolar sifatida saylab olingan Kot-d’Ivuar, Kuvayt, Niderlandiya, Peru, Polsha va Ekvatorial Gvineyaning bayroqlari ilinish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025