Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov YuTV televizion xoldingidagi o‘z ulushini sotdi
Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov «Noviy Media Xolding» MChJdagi o‘z ulushini sherigi, «Megafon»ning sobiq rahbari Ivan Tavringa sotgan. Bu haqda Usmonovning aktivlarini boshqaruvchi USM Holdings matbuot xizmati TASSga ma'lum qilgan.
«YuTV bo‘yicha bitim yakun topdi», — degan kompaniya vakili.
Usmonovning o‘z televizion aktivlarini Tavringa sotish rejalari RBKga 13 dekabrda ma'lum bo‘lgan, shu kuni tomonlar TASSga bu axborotni rasman tasdiqlashgan ham. Gap Tavrin tomonidan «Noviy Media Xolding» MChJning 58,29 foizini xarid qilishi haqida bormoqda. Bitimgacha «Noviy Media Xolding» MChJning 41,71 foiz ulushi Tavringa tegishli edi, bitimdan so‘ng u kompaniyaning to‘liq 100 foiziga egalik qiladi.
«YuTV Xolding»ning asosiy aktivlari «Yu», «MUZ-TV» va Disney federal TV-kanallaridir, shuningdek, «STS Media» tarkibiga kiruvchi («STS», «Domashniy», «Che» va «STS Love») kanallari hamdir. Bundan tashqari «YuTV Xolding»ga Qozog‘istondagi 31-kanal va «Perets» kanalining xalqaro versiyasi ham kiradi.
Eslatib o‘tamiz, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, bir muddat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan «SofTS» kanali ham ushbu xoldingga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025