O‘zbekiston | 14:40 / 03.01.2018
16784
2 daqiqa o‘qiladi

Pskentda yangi masjid foydalanishga topshirildi

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov hamda Pskent tumani imomlari ishtirokida “O‘smat Ota” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2 yanvar kuni 2016 yilda qilingan xayrli duolarning ijobati sababli “O‘smat ota” jome masjidi zamonaviy va ko‘rkam holda qayta qurib foydalanishga topshirildi. Masjid binosida namozxonlar uchun barcha sharoitlar mujassam etilgan bo‘lib, kelgusida kutubxona, muzey tashkil etish va avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Masjidda bir vaqtning o‘zida 250-300 kishini sig‘dira oladi.
 
Muftiy Usmonxon Alimov masjidning ochilish marosimida ishtirok etib, masjid ahlini ushbu quvonchli va tarixiy voqea bilan muborakbod etdi. Mehmonlar va masjid ahli uchun bayramona dasturxon yozildi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

Mavzuga oid