Sport va parhezsiz ozish usuli haqida ma'lum qilindi
Singapurdagi Nanyan texnologiya universiteti mutaxassislari 30 foizgacha vaznni yo‘qotishga imkon beruvchi usulni ishlab chiqishdi. Uning asosida - ozish preparatini o‘zida jamlagan juda ingichka mikroignalar bilan jihozlangan plastirdan foydalanish yotadi. Small Methods shu haqida xabar berdi.
Modda energiya tejovchi oq yog‘ni energiyani parchalovchi jigarrang yog‘ga aylantiradi. Ta'kidlash joizki, inson organizmida kamida yog‘ to‘qimalarining ikki turi mavjud - oq va jigarrang yog‘. Birinchisi resurslarni to‘playdi, ikkinchi esa - sarf qiladi.
Jigarrang yog‘ kaloriyalar parchalanishiga olib keladi, oqi esa ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi. Aynan ortiqcha oq yog‘ to‘qimalari ko‘plab kasalliklar asosi hisoblanadi.
Sichqonlar ishtirokida o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kemiruvchilarga yopishtirilgan plastir beshinchi kuniyoq zararli yog‘ni foydalisiga aylantira boshlaydi. Jonivorlarda nafaqat ortiqcha vazn yo‘qola boshlagani kuzatilgan, balki qondagi xolesterin miqdori ham pasaygan.
Professor Pen Chenning so‘zlariga ko‘ra, olimlarning maqsadi - innovatsion plastirni iste'molchilarga uncha qimmat bo‘lmagan narxda va qulay ko‘rinishda, ya'ni "foydalanishga oson bo‘lgan shaklda" taqdim etish.
Mavzuga oid
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
17:32 / 18.11.2024
Olimlar uyqu sifatini oshiruvchi formulani taklif qildi
16:48 / 16.11.2024
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
15:46 / 14.11.2024