Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamid Olimjon va Zulfiyaning nurab borayotgan haykallari bronzasiga almashtiriladi
Facebook’dagi «Jizzaxliklar hamjamiyati» guruhiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya haykalining nurayotgani aks etgan suratlar joylashtirilgach, bu suratlar keng muhokamani keltirib chiqardi.
Jamoatchilik nazorati ostida mazkur hodisaga oydinlik kiritildi. O‘zini Hamid Olimjonning jiyani deb tanishtirgan Umidjon Ikromov foydalanuvchilarni vahima qilmaslikka chaqirgan.
«Vahima qilmanglar! Buning asl nusxasi bronzadan tayyorlanyapti. Bronzadan tayyorlash ko‘p vaqt oladigan jarayon. Shoshilinchda tayyorlanib, olib kelib o‘rnatildi. Men o‘zim haykaltarosh bilan shaxsan gaplashgan edim. Asli bundanda ajoyib chiqadi, shoshilmanglar! Iltimos! Hamid Olimjonning jiyani bo‘laman!» – deya yozgan u.
Ma'lum bo‘lishicha, jamoatchilikka haykallarning asl nusxa emasligi to‘g‘risida axborot berilmagan. Noyabr oyi boshida mazkur haykallar tantanali tarzda ochilgan edi.
Mavzuga oid
20:16 / 03.03.2025
Zulfiya mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
07:46 / 09.11.2022
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi yangilangan tarkibi tasdiqlanadi
20:13 / 29.07.2020