Prezident: «Go‘sht narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Narxni ushlab turibmiz»
Bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatda go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
«Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kg. go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Xabar.uz».
Prezident Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yiliga 12 ming tonnalik baliqchilik xo‘jaligi barpo etilishini qo‘shimcha qilgan. Bu orqali qaysidir darajada go‘sht narxini ushlab turish mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozidan viloyatlar bozorlarida go‘sht mahsulotlari uchun muayyan narx belgilab qo‘yilgan, qassoblarga 1 kg go‘shtni 20-25 ming so‘mdan ortiq narxda sotmaslik ko‘rsatma qilingandi. Ammo narxni majburan pasaytirish o‘zini oqlamadi, ayni vaqtda bozorda 1 kg go‘sht narxi 35-40 ming so‘m atrofida.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024