Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur rejissyor Kiyosi Kurosava O‘zbekiston haqida film suratga oladi
Yaponiyalik kinorejissyor Kiyosi Kurosavaning suratga olish guruhi O‘zbekistonga mamlakat haqida badiiy film yaratish maqsadida tashrif buyurdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning Yaponiyaga tashrifi davomida ushbu mamlakat madaniyat ishlari bo‘yicha agentligi bilan bitim imzolandi.
Yaqinda Yaponiya Madaniyat vazirligi filmni suratga olish ishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va ssenariyni tasdiqladi. Filmdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning turistik salohiyatini ilgari surish.
Kiyosi Kurosava – mustaqil kinorejissyor, ssenariynavis, aktyor, yozuvchi, kinotanqidchi. Xorror, drama, triller, detektiv janlarida ishlaydi. 40 dan ortiq filmlar muallifi. Qator nufuzli mukofotlar sohibi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
21:15 / 21.05.2025