Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ»da yirik g‘alaba, uch yetakchi dubl qayd etdi
«Renn» Fransiya kubogining 1/32 finali doirasidagi uchrashuvda o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. «Roazon Park» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv mehmonlarning 6:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
G‘olib jamoa safida Neymar, Kilian Mbappe va Anxel Di Mariya dubl qayd etdi. «Renn» tarkibida esa Benjamen Burigo penaltini aniq amalga oshirib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, parijliklar Fransiya kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi, «Renn» esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
«Renn» - «PSJ» 1:6
0:1 – Mbappe – 9, 0:2 – Neymar – 17, 0:3 – Di Mariya – 24, 0:4 – Neymar – 43, 1:4 – Burigo – 66 (pen), 1:5 – Di Mariya – 74, 1:6 – Mbappe – 76
Mavzuga oid
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi
16:20 / 29.04.2025