Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDR yetakchisi bilan uchrashishga tayyor
Foto: AFP / Jung Yeon-Je
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Faqatgina bu uchrashuv KXDR yadro dasturi muammosiga barham berish sharti bilan amalga oshirilishi kerak. Prezident bu haqda o‘zining ilk matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
"Men, Shimolning yadro muammosini hal etishga yordam bersa, oliy darajadagi uchrashuvga hamda ikki Koreya munosabatlarini tiklashga tayyorman", - dedi Mun Chje In Seulda tashkil etilgan anjumanda. Prezidentning qayd etishicha, Janubiy Koreya bunday uchrashuv o‘tkazishni, u qandaydir natija bo‘lishiga qaysidir ma'noda kafolat bo‘lsagina ijobiy yondashadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv "nomiga tashkil etilgan muzokaralar" bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish bo‘yicha o‘z qarashidan voz kechish niyatida emas.
"Avvalroq ikki Koreya kelishib olgan Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish – bizning asosiy pozitsiyamizdir, biz undan hech qacho voz kechmaymiz", - degan J.Koreya rahbari.
Shuningdek, u Janub va Shimolning zudlik bilan qo‘shilishini xohlamasligini ham ta'kidladi.
Koreya respublikasi va KXDR o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarning ilk bosqichi 9 yanvarda bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Tomonlar ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida “qaynoq aloqa”ni tiklash, umumiy chegarada keskinlikni kamaytirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda KXDR Pxyonchxan Olimpiadasiga o‘z terma jamoasini yuborishiga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025