Fan-texnika | 15:56 / 12.01.2018
6380
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda haydovchisiz avtomobillarda harakatlanish sug‘urtalana boshlandi

Foto: Waymo

2018 yilda Feniske yo‘lovchilari smartfonlar ilovasi orqali haydovchisiz Waymo minivenlarida sayohat qilishga buyurtma berishlari mumkin. Robot bilan sayohat qilish ba'zi yo‘lovchilarda xavotir uyg‘otmoqda.

Waymo sug‘urtalash xizmatlarini taqdim etuvchi Trov kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshlagani haqida ma'lum qildi. Hamkorlik sohasida Arizonaning mustaqil boshqaruvli avtomobillari kiradi, yaqin bir necha oyda u yerda to‘lovli servis ishga tushiriladi. Sug‘urta qoplamasi yo‘qolgan buyumlar, sayohatdagi uzilishlar bilan bog‘liq muammolar va ehtimoliy tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi. 

Munich Re qayta sug‘urtalash bozor giganti nazorati ostidagi Trov sug‘urta brokeri uchun bu AQShdagi birinchi loyiha va transport bilan bog‘liq ilk buyurtmadir. "Waymo shaxsiy sayohatlarni osonlashtiradi, u bilan bog‘liq barcha masalalar, shu jumladan sug‘urtalash ham yengil kechishi, yo‘lovchilarning xavfsizligi va xotirjamligi esa bosh maqsadimiz bo‘lishi kerak", - dedi Trov bosh direktori Skott Uolchek rasmiy bayonotda.

2017 yilning noyabrida Google tomonidan mustaqil boshqaruvli avtomobillar uchun texnologiyalar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan Waymo kompaniyasi (2016 yilda asos solingan) Feniskeda tijorat servisini ochish rejalari haqida ma'lum qilgandi. U yerda kompaniya uzoq vaqt mobaynida sensorlar va maxsus dasturiy ta'minot bilan jihozlangan Chrysler Pacifica Hybrid minivenlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Mavzuga oid