Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» tarixda ilk marotaba «Vilyarreal»ga yutqazdi
Foto: EFE
Ispaniya chempionatining 19-turida Madridning «Real» klubi «Vilyarreal»ni qabul qildi.
Mezbonlar o‘yin davomida katta tashabbusga ega bo‘ldilar. Darvoza tomon 28 marta zarba berildi. Marselo, Ronaldu, Isko va Beyl juda qulay vaziyatlarni golga aylantirolmadi. Mehmonlar esa o‘z imkoniyatidan so‘nggi daqiqalarda foydalanib qoldilar. Qarshi hujumda Fornals to‘pni chiroyli tarzda Navas ustidan oshirib, darvozaga yo‘lladi.
Natijada, «Real» tarixda ilk marotaba o‘z maydonida «Vilyarreal»ga yutqazdi.
La Liga, 19-tur
Real Madrid – Vilyarreal - 0:1
13 yanvar, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gol: 0:1 – 87 Fornals.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Isko (Vaskes, 70), Kazemiro, Modrich, Kroos, Beyl (Asensio, 70), Ronaldu.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Bonera, Fornals, Rodri Ernandes, Trigeros, Kastilexo (Rukavina, 83), Raba (Cherishev, 46), Bakka (Unal, 76).
Ogohlantirishlar: Bakka (44), Karvaxal (58), Vaskes (89).
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025