Jahon | 11:44 / 15.01.2018
48790
2 daqiqa o‘qiladi

Chimkentdagi to‘yga 179 ming dollarlik tort tayyorlandi (foto, video)

Chimkentdagi to‘y uchun rossiyalik qandolatchi Renat Agzamov tomonidan narxi 179 ming dollar bo‘lgan, balandligi 4,2 metr keluvchi tort tayyorlandi. 

G‘aroyib tort tasvirlangan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Renat Agzamovning Instagram’dagi sahifasida yozishicha, uning jamoasiga to‘rt metr keladigan tortni tayyorlash uchun uch kun talab etilgan.

 

A post shared by RENAT AGZAMOV (@renat_agzamov) on

Musiqiy prodyuser Jan Mukanovning Telegram kanalida xabar berishicha, tort Chimkentdagi to‘y marosimi uchun maxsus tayyorlandi.

"Kecha Chimkentdagi Rixos mehmonxonasida ajoyib to‘y bo‘lib o‘tdi! Mehmonlar orasida juda ko‘p yulduzlar bor edi – Valeriya, Shon, bokschi Gennadiy Golovkin. Yosh oilaga baxt tilayman!" – deya yozdi Mukanov Telegram’da.

Uning aniqlik kiritishicha, to‘yni o‘tkazgan oilani yaxshi taniydi. "Juda yaxshi odamlar va boyliklarini, ishonchim komilki, halol yo‘l bilan ishlab topishgan", - deya yozdi Mukanov.

Tortning balandligi 4,2 metr, diametri 3 metr, og‘irligi taxminan 1500 kg.

Mavzuga oid