Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qoidabuzar piyodalarga jarima solinmoqda
Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan piyodalar ishtirokidagi YTHning oldini olish va piyodalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun qoidabuzar piyodalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar to‘ldirilib, jarima qo‘llanilmoqda, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB YHXB boshqarmasi.
Xususan, “Diqqat piyoda” tadbiri davomida viloyat hududidagi serqatnov yo‘llar va chorrahalarda piyodalarning yo‘l belgilari va yo‘l chiroqlari ishoralariga rioya qilmagan holatlari, ularning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tish hollari yuzasidan nazorat va taftish ishlari kuchaytirildi.
Tadbir davomida 203 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 21 piyoda yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan vaqtda quloqchinlardan foydalangan, 32 kishi yo‘l harakatini tartibga soluvchi ishoralarga bo‘ysunmagan. 150 piyoda yo‘lning qatnov qismini ruxsat berilmagan qismida kesib o‘tgan.












Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025