Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Foto: Premer liga
Angliya Premer-Ligasining 24-turida «Brayton» o‘z maydonida «Chelsi» bilan bellashdi.
Londonliklar dastlabki daqiqalarda ikkita gol urib, raqib shashtini tushirishga erishdilar. O‘yin oxirigacha esa raqib darvozasiga yana ikkita to‘p yo‘llab, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Eden Azar o‘yinda dubl sohibi bo‘ldi.
Bu g‘alabadan so‘ng, «Chelsi» 50 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. «Brayton» 23 ochko bilan 16-o‘rinda boryapti.
APL, 24-tur
Brayton – Chelsi - 0:4
20 yanvar, «Falmer» stadioni
Gollar: 0:1 – 3 Azar, 0:2 – 6 Villian, 0:3 – 77 Azar, 0:4 - 89 Mozes
Brayton – Rayan, Dank, Daffi, Zuttner, Skelotto, Gross (Kayyal, 68), Stivens, March (Iskerdo, 83), Propper, Goldson, Xemed (Myurrey, 68).
Chelsi – Kabalero, Aspilikueta, Kristensen (David Luiz, 58), Ryudiger, Mozes, Villian (Musonda, 81), Kante, Azar, Bakayoko, Alonso (Dzappakosta, 75), Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Skelotto (36), Daffi (56), Goldson (79).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025