Jahon | 14:10 / 21.01.2018
9158
3 daqiqa o‘qiladi

Reyting: Masofadan ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar nomi ma'lum qilindi

Foto: FlexJobs

Amerikaning FlexJobs sayti 2017 yilda qisman yoki to‘liq ish kunida masofadan ishlash uchun eng ko‘p taklif tushgan 100 kompaniya ro‘yxatini taqdim etdi. 

Texnologiyalar rivojlangan sari masofadan ishlash oddiy holatga aylanib bormoqda. Bu xodimlarni ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash nisbatan osonligi bilan o‘ziga jalb etadi. 

Masofadan ishlash bilan bog‘liq vakansiyalar taklif qilinayotgan asosiy sohalar - sog‘liqni saqlash, kompyuter texnologiyalari/IT, ta'lim, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, turizm/mehmonxona biznesi. 

Masofadan ishlash bilan bog‘liq eng tez rivojlanayotgan besh yo‘nalish — terapiya, virtual boshqaruv, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, repetitorlik, mintaqaviy hokimiyat va mahalliy boshqaruv. 

Masofadan ishlash bilan bog‘liq eng ko‘p uchrayotgan vakansiyalar: o‘qituvchi, yozuvchi, developer, tahlilchi, sotuvlar bo‘yicha menejyer, hamshira, buxgalter, loyiha rahbari. Besh kompaniya to‘liq masofadan faoliyat yuritadi, o‘ttiztasi esa - ro‘yxatga yangi qo‘shilgan.

FlexJobs asoschisi va bosh direktori Sara Satton Fellning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda mazkur ma'lumotlarni tadqiq qilish va bozorning turli sektorlaridagi yuzlab kompaniyalar bilan ishlash davomida masofadan ishlash bandlikning tobora mashhur va dolzarb turi bo‘lib borayotgani ayon bo‘lmoqda. "Borgan sari ko‘proq kompaniyalar o‘z biznes-modeliga masofadan ishlash imkoniyatini tatbiq qilishmoqda, shunday ekan, 2018 yil ish izlovchilar uchun mukammal yilga aylanmoqda", - deydi FlexJobs rahbari.

FlexJobs reytingida eng yuqori o‘rin Angliyaning VIPKID kompaniyasiga nasib etdi. Shuningdek Amazon, Conduent va Dell kompaniyalari ilk o‘ntalikka kirdi. Ro‘yxatga yangi qo‘shilganlar - PRA Health Services, Toyota va Williams-Sonom, ular 2017 yildagi yangi qo‘shilgan Hilton, Kelly Services va SAP'lar qatoridan joy olgan. Kaplan, UnitedHealth Group va Xerox 2014 yildan buyon ushbu ro‘yxatda qayd etiluvchi 29 kompaniya ro‘yxatiga qo‘shilgan. 

FlexJobs reytingi yetakchilar o‘nligi:

1. VIPKID    
2. Appen    
3. Conduent    
4. Rev    
5. Liveops    
6. TTEC    
7. Amazon    
8. SYKES    
9. Dell   
10. Working Solutions

To‘liq ro‘yxatni bu yerda taqdim etilgan.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid