Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur taekvondochi sport turini o‘zgartirib Pyongchangdagi qishki o‘yinlarda qatnashadi
Okeaniyadagi Tonga orolida istiqomat qiluvchi Pita Taufatofui bilan g‘aroyib hodisa kuzatilmoqda. U Riodagi Olimpiadada taekvondo bo‘yicha ishtirok etgan bo‘lsa, endi Pyongchangdagi qishki o‘yinlarda qatnashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ehtimol, kimdir Rio-de-Janeyrodagi yozgi o‘yinlarning ochilish marosimida Tonga noodatiy vakilini yodga olsa kerak. O‘shanda Pita Taufatofua kunning haqiqiy qahramoniga aylandi, sababi stadion bo‘ylab an'anaviy kiyimda yurib o‘tgan.
Tongalik bir necha marta Olimpiada o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha ishtirok etishga harakat qilgan, yakunda birinchi bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchradi. Pita Riodan so‘ng Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiya o‘yinlarida chang‘i poygasi bahslarida qatnashishga qaror qildi.
Taufatofua Laxti 2017 yilda tashkil etilgan sportning qishki turlari bo‘yicha jahon chempionatida ham qatnashishga ulgurdi. U sprintda 156 qatnashchi orasida 153-o‘rinni egalladi.
Tongalik taekvondochi uchun Pyongchangga yo‘llanmani qo‘lga kiritish ancha mushkul kechdi. Uning olimpiya kampaniyasini moliyalashtirish internet orqali butun dunyodagi muxlislar tomonidan amalga oshirildi. Islandiyadagi musobaqada esa tongalik Pyongchangga yo‘llanmani baribir qo‘lga kiritdi.