Rahmonbek Usmonovning birinchi o‘rinbosari Rigaga nega bordi?
2018 yilning 15-19 yanvar kunlari Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari N.Husanov boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi Latviya poytaxti Riga shahriga tashrif buyurdi. Bu «2017-2018 yillarda O‘zbekistonning Latviya bilan siyosiy-diplomatik sohasidagi hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq amalga oshirildi.
Tashrif davomida Riga hokimi N.Ushakov bilan uchrashuv o‘tkazilib, Riga Markaziy bozorida «Toshkent burchagi», Toshkent shahridagi Oloy bozorida «Riga burchagi»ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, turistik sohani rivojlantirishda tajriba almashish, latviyalik sayyohlar talabini o‘rganish maqsadida amalga oshirildi. Shuningdek, Riga shahri hokimi N.Ushakovning Toshkentga 2018 yil birinchi yarmiga rejalashtirilgan tashrifi muhokama qilingan.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha «Oloy dehqon bozori» AJ va Riga markaziy bozori o‘rtasida ko‘rsatilgan burchaklarni tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi, ular savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turistik hamda madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashi kerak.
Bundan tashqari, «Rigas Satiksme» boshqaruvi raisi L.Bemens bilan avtoturargohlar va inshootlarni tashkil etish bo‘yicha Riga tajribasini o‘rganish borasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu yo‘nalishdagi asosiy vazifa – jamoat transporti harakati sifatini oshirish, shahardagi ekologik holatni yaxshilash, turistlarga qulayliklar yaratish.
Uchrashuv yakunida Toshkentda avtoturargohlarni samarali tashkil etish bo‘yicha masalalar yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Kaunas shahri hokimi V.Matiyoshaytis bilan uchrashuv tashkillashtirildi, uning davomida turistik soha rivoji, farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqarish va Kaunas shahrida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024