Chirchiqda aholi bandligiga bag‘ishlangan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Toshkent viloyat hokimligi, Toshkent viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida “Aholi bandligini ta'minlashda – tadbirkor o‘rni beqiyos” shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasiga viloyatning barcha tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, tadbirda tadbirkorlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘rgazmasini tashkil etishdi.
Kam ta'minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tashkilotchilar tomonidan tikuv mashinalari sovg‘a qilindi.
Viloyatda faoliyat olib boruvchi banklar tomonidan kollej bitiruvchilariga imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyatini beruvchi sertifikatlar va qimmatbaho sovg‘alar tarqatildi.
Yangi tadbirkorlik sub'yektlarini shu joyning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida sayyor ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borildi.
Shu bilan bir qatorda, chet elda ishlash niyati bo‘lgan fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xodimlari tomonidan yuridik maslahatlar berildi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024