Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kollej o‘quvchisi “Lasetti”ni olib qochdi
22 yanvar soat 00:50larda noma'lum shaxs Samarqand shahrining O.Mahmudov ko‘chasi 59-“A” uy oldida qarovsiz qoldirilgan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroning “Lasetti” rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, avtomashina Samarqand shahrining Go‘ro‘g‘li ko‘chasi 5-uyning oldidan texnik shikastlangan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Samarqanddagi kollejning 1-kursi o‘quvchisi sodir etganligi aniqlandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025