O‘zbekiston | 12:23 / 27.01.2018
6109
1 daqiqa o‘qiladi

«Markaziy Osiyo + Yaponiya»: Dushanbeda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi aloqalar ko‘rib chiqildi

Foto: Fotolia

2018 yilning 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikram Niyazxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining yuqori mansabdor shaxslari 12-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda mazkur shakl doirasida transport va logistika, turizm sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. 

Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi amaliy choralar ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid